Repost.uz internet nashri O‘zbekiston uchun noyob bo‘lgan maxsus loyiha - davlat xizmatchilari va kompaniyalarning "Xalq reytingi" uchinchi mavsumining boshlanganini e‘lon qildi. Mazkur reyting o‘zbekistonliklarning ovozlari asosida shakllantiriladi.
Reytingda o‘tgan yilgi sakkizta toifa saqlab qolingan:
- "eng faol vazir";
- "eng faol viloyat hokimi";
- "eng faol siyosiy partiya rahbari";
- "Toshkent shahrining eng faol tuman hokimi";
- "eng faol qo‘mitalar";
- "eng faol agentliklar";
- "eng faol davlat kompaniyalari";
- "eng faol sport tashkilotlari".
Har bir nomzodning egallab turgan lavozimidagi yoki davlat tashkilotidagi faoliyatini “yoqlab” va “qarshi” shkalasi bo‘yicha baholash mumkin. Barcha toifadagi har bir nomzod uchun faqat bir marta ovoz berish mumkin. Siz har bir amaldorga “yoqlab” yoki “qarshi” ovoz berishingiz mumkin.
Ovoz berish bo‘yicha qisqacha ko‘rsatma:
– reyting sahifasida nomzodlar bilan tanishish;
– "Ovoz berish" tugmasini bosib, maxsus Telegram-botga o‘tish;
– amaldor/tashkilotni tanlab, “Yoqlayman” yoki “Qarshiman” deb ovoz berish.
Ovoz berish faqat mahalliy uyali aloqa operatorlari raqamlariga ega bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari uchun ochiq.
Har bir nomzodning reytingi foizlarda aks ettiriladi va eng shaffof formula - ijobiy va salbiy ovozlar o‘rtasidagi farq asosida baholanadi. Yakuniy natija va g‘olibni aniqlash uchun ovoz berish yakunida tahririyat tomonidan aniq ovozlar soni e‘lon qilinadi va har bir toifada g‘olib aniqlanadi.
Muhim! Natijalarni rasman e‘lon qilishdan oldin tahririyat muayyan nomzodlar va tashkilotlarga sun‘iy ravishda ovoz to‘planishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun o‘z firibgarlikka qarshi tekshiruvini o‘tkazadi.
Ovoz berish 2025-yil 26-dekabrgacha davom etadi, g‘oliblar ovozlar sanab chiqilgandan so‘ng e‘lon qilinadi.
Ovoz berish Telegram-botda o‘tkaziladi, natijalar esa nashr saytidagi maxsus sahifada aks ettiriladi.
Eslatma: ovoz berishda davlat xizmatchilari va tashkilotlar 2025-yil 17-dekabr holatiga ko‘ra ko‘rsatilgan.