Texnik sabablarga ko‘ra, 11−16-avgust kunlari “Jaloliddin Manguberdi” tezyurar elektropoyezdlari harakat jadvaliga o‘zgartirish kiritildi. Bu haqda “Temiryo‘lekspress” matbuot xizmati xabar berdi.
752-sonli Toshkent−Xiva poyezdi mazkur davrda Toshkentdan faqat Urganchgacha qatnaydi. 751-sonli Xiva−Toshkent poyezdi esa Urganch bekatidan harakatlanadi.
Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Xiva−Urganch yo‘nalishida avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Urganchdan Toshkentga ketadigan poyezdga ulgurish uchun yo‘lovchilardan Xiva bekatiga soat 07:00 gacha yetib kelish so‘ralmoqda. Avtobus Xivadan Urganchga soat 07:10 da jo‘naydi.
Poyezdlar Urganch bekatidan amaldagi jadval bo‘yicha o‘z vaqtida harakatlanadi.