Xorazmda barcha davlat bog‘chalari faoliyati vaqtinchalik to‘xtatiladi

Davlat maktabgacha ta‘lim tashkilotlari faoliyati 20-iyuldan odatiy tartibda davom ettiriladi.

Xorazmda barcha davlat maktabgacha ta‘lim tashkilotlari faoliyati vaqtinchalik to‘xtatiladi. Bu haqda Xorazm viloyati MMTB matbuot xizmati O‘zAga xabar berdi.

Ta‘kidlanishicha, Xorazm viloyatida 14-iyuldan boshlab bir necha kun davomida havo haroratining 44-45 daraja issiqqacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

Shu munosabat bilan, Xorazm viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining tavsiyasiga muvofiq, maktabgacha yoshdagi bolalarning hayoti va salomatligini muhofaza qilish maqsadida:

14-iyuldan 17-iyulga qadar Xorazm viloyatidagi barcha davlat maktabgacha ta‘lim tashkilotlari faoliyati vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Davlat maktabgacha ta‘lim tashkilotlari faoliyati 20-iyuldan odatiy tartibda davom ettiriladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling