Toshkentdagi ko‘chalardan biri vaqtincha yopiladi

Cheklov 31-may kuni soat 23:00 ga qadar amal qiladi.

Toshkentning Yakkasaroy tumanidagi ko‘chalardan biri vaqtincha yopiladi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, bunga elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish ishlari sabab bo‘ladi.

Shu bois Janubiy vokzal yaqinidagi Kichik halqa avtomobil yo‘lining Shota Rustaveli ko‘chasi bilan kesishgan qismidagi 400 metr masofada avtotransport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.

Cheklov 31-may kuni soat 23:00 ga qadar amal qiladi.

Haydovchilardan harakat yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirish, muqobil yo‘nalishlardan foydalanish hamda yo‘l belgilariga amal qilish so‘ralmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling