Ta‘mirlash ishlari tufayli 31-mart kuni Toshkent shahrining beshta tumanida tabiiy gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu hududlar:
Yakkasaroy tumani (soat 11:00 dan 13:00 gacha) — “Shoxjahon” MFY;
Yangihayot tumani (soat 11:00 dan 13:00 gacha) — “Yangi turmush” MFY;
Mirzo Ulug‘bek tumani (soat 11:00 dan 13:00 gacha) — “A. Navoiy”, “Geologlar”, “Jasorat” va “Geofizika” MFYlar;
Sergeli tumani (soat 10:00 dan 12:00 gacha) — “Sohibqiron”, “Yangi Sergeli”, “Ezgulik”, “Ziynat” MFYlar;
Uchtepa tumani (soat 10:00 dan 12:00 gacha) — “Katta Qani” MFY.
Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.