Dam olish kunlari havo harorati isiydi

26-aprel kuni ayrim joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Dam olish kunlari respublika hududi bo‘yicha asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Faqat 25-aprel-shanba kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi shimolida va Farg‘ona vodiysida ba‘zi joylarda, shuningdek, 26-aprel kuni Toshkent viloyatida ayrim joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 

Shanba kuni kunduzi havo 28-31 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 32-35 darajagacha isiydi.

Yakshanba kuni ko‘pchilik viloyatlar bo‘yicha havo harorati ushbu darajalar atrofida bo‘ladi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kunduzgi harorat 20-23 darajagacha, Buxoro va Navoiy viloyatlarida esa25-28 darajagacha pasayadi.

24-25-aprel kunlari shimolda va cho‘l hududlarda, 26-aprelda respublika bo‘yicha ba‘zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. 

Toshkentda shanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. 

Yakshanba kuni kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, shamol tezligi 10-12 m/s gacha kuchayadi. 

Dam olish kunlari havo harorati 27-30 daraja atrofida bo‘ladi. Harorat asosan kechalari 14-17 daraja bo‘ladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling