15-iyul kuni soat 11:16 da Qirg‘iz Respublikasining Botken viloyatida 3 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda Respublika seysmoprognostik monitoring markazi xabar berdi.
Zilzila o‘chog‘i 5 km chuqurlikda joylashgan bo‘lib, episentri Toshkent shahridan 265 km janubi-sharqda joylashgan.
Yer silkinishi O‘zbekistonda ham sezildi. Xususan, Farg‘ona tumanida zilzila kuchi 2–3 ballni tashkil etgan. Episentr ushbu hududdan 45 km uzoqlikda joylashgan.