Toshkentda sodir bo‘lgan YTH oqibatida haydovchi vafot etdi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani, Yangi O‘zbekiston ko‘chasi ikkinchi darajali yo‘lida 8-yanvar kuni soat 05:00 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Haydovchi 2004-yilda tug‘ilgan M.R. Onix avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan. Natijada u yo‘l chetida harakatsiz to‘xtab turgan, 1966-yilda tug‘ilgan S.R.ga tegishli bo‘lgan GAZ-63 yuk avtomashinasi bilan to‘qnashgan.

Hodisa oqibatida Onix haydovchisi olgan tan jarohatlari natijasida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling