Toshkent shahrining ko‘plab hududlarida Yangi yil bayrami munosabati bilan tadbirlar tashkil etilmoqda. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.
Asosiy bayram tadbirlari 25-dekabrdan 2026-yil 10-yanvargacha har kuni 11:00 dan 23:00 ga qadar Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi maydonida bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, bir qator manzillarda bayram tadbirlari tashkil etiladi. Jumladan:
Yunusobod tumani
— Rixsiliy 24/7 gastronomik va turizm ko‘chasi (“Yunusobod Gallery” majmuasi). 25-dekabr — 10-yanvar | 17:00 — 21:00
Bektemir tumani
— “Compass” savdo majmuasi. 25-dekabr — 10-yanvar | 11:00 — 22:00
— “Coca-Cola Garden” bog‘i. 25-dekabr — 10-yanvar | 11:00 — 22:00
Mirobod tumani
— Taras Shevchenko 24/7 gastronomik va turizm ko‘chasi. 21-dekabr — 4-yanvar | 16:00 — 22:00
Mirzo Ulug‘bek tumani
— “Central Park”. 25-dekabr — 10-yanvar | 11:00 — 22:00
— “Yangi O‘zbekiston bog‘i” hududi. 25-dekabr — 10-yanvar | 16:00 — 22:00
Sergeli tumani
— Sug‘diyona va Jaloyir ko‘chalari bo‘ylab 24/7 gastronomik va turizm ko‘chasi hamda Yangi Sergeli istirohat bog‘i. 25-dekabr — 10-yanvar | 11:00 — 22:00
Olmazor tumani
— “Asia.uz” supermarketi avtoturargohi (sobiq Nukus kinoteatri). 25-dekabr — 10-yanvar | 16:00 — 22:00
Uchtepa tumani
— Uchtepa tumani hokimligining oldi qismi. 25-dekabr — 5-yanvar | 16:00 — 20:00
Chilonzor tumani
— “Dream Park” (“G‘afur G‘ulom”) madaniyat va istirohat bog‘i. 25-dekabr — 10-yanvar | 11:00 — 22:00
— “Humo Arena” muz saroyi oldi maydoni. 25-dekabr — 10-yanvar | 11:00 — 23:00
— “Magic City” bog‘i. 20-dekabr — 10-yanvar | 11:00 — 23:00
— Al-Xorazmiy 24/7 gastronomik va turizm ko‘chasi. 25-dekabr — 10-yanvar | 11:00 — 22:00
Shayxontohur tumani
— “Anhor Lokomotiv” bog‘i. 25-dekabr — 10-yanvar | 11:00 — 22:00
— “Tashkent City” majmuasi. 21-dekabr — 10-yanvar | 11:00 — 23:00
Yashnobod tumani
— “Ashxobod” sayilgohi. 25-dekabr — 10-yanvar | 11:00 — 20:00
Yakkasaroy tumani
— “NEXT” savdo majmuasi. 25-dekabr — 10-yanvar | 16:00 — 22:00
— Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasining xorijiy davlatlar urf-odatlari, milliy hamda madaniy an‘analari aks ettirilgan pavilyonlar hududi. 25–30-dekabr | 16:00 — 19:00
Yangihayot tumani
— Mehrigiyo 24/7 gastronomik va turizm ko‘chasi. 25-dekabr — 10-yanvar | 11:00 — 22:00