“Uyda yolgʻiz” kinofilmi
![](/storage/uploads/48000000-1672417823-ziyod-post-material.png)
Amerikaning taniqli rejissyorlari Kris Kolambus va Jon Xyuzning “Uyda yolgʻiz” filmi birinchi bor 1990-yilda ekran yuzini koʻrgan. U AQSH tarixidagi eng kassabop Rojdestvo filmiga aylangan va “Oskar” hamda “Oltin globus”ni qoʻlga kiritgan. Film katta ekranlarda namoyish etilgandan keyin katta foyda keltirdi.
“Qor malikasi” kinofilmi
![](/storage/uploads/0-1672417531-ziyod-post-material.png)
“Qor malikasi” mashhur yozuvchi Hans Kristian Andersenning xuddi shu nomdagi asariga asosan suratga olingan film boʻlib, u 1966-yilda ilk bor katta ekranlarda namoyish qilingan.
“Yangi yildagi taʼtil” kinofilmi
![](/storage/uploads/38-1672416528-ziyod-post-material.png)
Rejissyor Jon Xyuzning yana bir mashhur filmlaridan biri “Yangi yildagi taʼtil” kinokartinasi 1989-yilda katta ekranlarga chiqqan. Film komediya janrida boʻlib, uning “Taʼtil”, “Yevropadagi taʼtil” nomli qismlari ham suratga olingan.
“Yangi yil tarixi” kinofilmi
![](/storage/uploads/78-1672416760-ziyod-post-material.jpeg)
Amerikalik rejissyor Bob Klark 1983-yilda “Yangi yil tarixi” filmini suratga oldi va bu kinokartina uchun 4 million dollar mablagʻ sarfladi. Film 9 yoshli Ralfining Yangi yil bayramidagi sarguzashtlari haqida.
“Janob Popperning pingvinlari” kinofilmi
![](/storage/uploads/6063241129-1672416847-ziyod-post-material.png)
Mazkur film Richard va Florens Atwaterning 1938-yildagi xuddi shu nomli kitobiga asoslangan holda suratga olingan. Film 2011-yilda AQSHda suratga olingan boʻlib, u fantastik janrdagi kino hisoblanadi.
“Grinch — Yangi yil oʻgʻrisi” kinofilmi
![](/storage/uploads/9223372036854775807-1672416905-ziyod-post-material.png)
Germaniya AQSH kinoijodkorlari bilan hamkorlikda suratga olingan “Grinch — Yangi yil oʻgʻrisi” kinofilmi 2000-yilda katta ekranlarda namoyish etilgan.
“Charli va shokolad fabrikasi” kinofilmi
![](/storage/uploads/9-1672416992-ziyod-post-material.png)
Amerika Qoʻshma Shtatlar va Birlashgan Qirollikʼning Tim Burton tomonidan ishlangan musiqali fantastika komediya filmi. Mazkur film 2000-yilda katta ekranlarda namoyish qilingan boʻlib, 2001-yilda “Eng yaxshi pardoz” uchun “Oskar” mukofotiga sazovor boʻlgan. 2018-yilda esa Illumination studiyasi hikoyaning multfilm remeykini chiqardi.
“34 koʻchadagi moʻjiza” kinofilmi
![](/storage/uploads/9-1672417108-ziyod-post-material.png)
Oʻtgan asrning eng mashhur kinofilmlaridan biri “34 koʻchadagi moʻjiza” kinofilmi 1947-yilda suratga olingan. Film Amerikaning taniqli yozuvchilari Jorj Siton va Valentin Devis ssenariylari asosida suratga olingan. Ushbu filmning yana 4 ta yangi talqini tomoshabinlarga namoyish etilgan.
“Ayoz Bobo” kinofilmi
![](/storage/uploads/6-1672417167-ziyod-post-material.png)
“Ayoz Bobo” oʻtgan asrning eng mashhur filmlaridan biri hisoblanadi. Ushbu ertak-film Rossiya kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan boʻlib, u 1964-yilda katta ekranlarda namoyish qilingan.
“Yangi yil yilnomosi yangi yilni qutqaramiz santa” kinofilmi
![](/storage/uploads/0-1672417367-ziyod-post-material.png)
“Yangi yil yilnomasi yangi yilni qutqaramiz santa” filmi Amerika Qoʻshma Shtatlari kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan boʻlib, mazkur film 2020-yilda katta ekranlarda namoyish etilgan. Ushbu film sarguzasht, fantastik film hisoblanadi.