Shavkat Mirziyoyev Nyu-Orleandagi terrorchilik harakati munosabati bilan Jozef Baydenga ta’ziya maktubi yo‘lladi

1-yanvar kuni mashina odamlar to‘planib turgan joyga kirib bordi va kamida 15 kishi halok bo‘ldi

Shavkat Mirziyoyev Nyu-Orlean shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jozef Baydenga ta’ziya maktubi yo‘lladi.

Davlat rahbari O‘zbekiston xalqi nomidan halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga, butun Amerika xalqiga chuqur hamdardlik izhor etib, jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.

AQSHning Yangi Orlean shahrida 1-yanvar kuni mashina odamlar to‘planib turgan joyga kirib bordi va kamida 15 kishi halok bo‘ldi, 35 kishi jarohatlandi.

Hujumda AQSH fuqarosi, armiya sobiq xizmatchisi gumonlanmoqda. Uning mashinasidan ISHID bayrog‘i topilgan va hodisa «terrorchilik harakati» sifatida tekshirilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling