Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida joylashgan “F. G.” MChJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shaxobchasi tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, ushbu shpxobchada gaz hisoblash uskunasining konfiguratsiyasiga tashqi ta‘sir ko‘rsatilganligi ma‘lum bo‘ldi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida gaz ta‘minoti korxonasiga 3 milliard 48 million so‘mlik zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.