Toshkentning ayrim tumanlarida “svet” vaqtincha o‘chiriladi

Bunga 35/6 kV kuchlanishli Sergeli-35 podstansiyasida modernizatsiya dasturi doirasida mukammal ta‘mirlash ishlari amalga oshirilishi sabab bo‘ladi.

Toshkentning Sergeli hamda Yangihayot tumanlarida 28-mart kuni soat 09:00 dan soat 15:00 gacha vaqtincha uzilishlar kuzatiladi. Bu haqda «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ matbuot xizmati xabar berdi.

Bunga 35/6 kV kuchlanishli Sergeli-35 podstansiyasida modernizatsiya dasturi doirasida mukammal ta‘mirlash ishlari amalga oshirilishi sabab bo‘ladi.

Taʼmirlash ishlarini xavfsiz olib borish hamda yuklamani teng taqsimlash maqsadida qisqa muddatli elektr ta‘minotida uzilishlar kuzatiladi. 

Sergeli tumani: “Xonobod”, “Izzatli”, “Sadoqat”, «Keng Makon», “Eshonbuloq” hamda “Nomdanak” MFYlarining ayrim hududlarida;

Yangihayot tumani: «Xo‘ja Uchqun», “Jaloir” hamda «Yangi Gulzor» MFYlarining ayrim hududlarida.

Mazkur hududlarda ta‘mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling