Yangihayotning ayrim hududlarida gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Ta‘mirlash ishlari sabab 165 ta xonadon va 3 ta ulgurji iste‘molchi yetti soat davomida gazsiz qoladi.

Toshkentning Yangihayot tumani ayrim hududlarida 20-avgust kuni tabiiy gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta‘minoti filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Soat 10:00 dan 17:00 gacha “Chortoq” mahallasining Chortoq o‘q ko‘chasida yer usti o‘rta bosimli gaz quvurini tartibga keltirish ishlari olib boriladi.

Shu sababli hududdagi 165 ta xonadon hamda 3 ta ulgurji iste‘molchiga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.

Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, gaz ta‘minoti bosqichma-bosqich tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling