Yilning oxirgi kunlarida O‘zbekiston hududi bo‘yicha beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
30–31-dekabr kunlari respublikaning ko‘pchilik hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, shimolda esa yog‘in qor ko‘rinishiga o‘tadi. Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
30-dekabrda havo haroratining pasayishi boshlanadi, 31-dekabrga kelib esa 5–10 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
1–2-yanvar kunlari O‘zbekiston bo‘yicha asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Faqat Surxondaryo va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 1-yanvar kuni ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kunduzi 1-yanvarda 3–8 daraja, 2-yanvarda esa 8–13 daraja iliq bo‘ladi.
3–4-yanvar kunlari hududga nam va nisbatan sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. 3-yanvar kuni hamda 4-yanvar kechasi va ertalab respublikaning ayrim hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi mumkin) kuzatiladi. 4-yanvarga kelib kunduzgi harorat asta-sekin 0–5 daraja iliqqacha pasayadi.
Respublika bo‘yicha ayrim kunlarda shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi, baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan, asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik kuzatiladi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi mavjud.
Toshkentda 30-dekabrda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi havo 11–13 daraja iliq bo‘ladi. 31-dekabrda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, harorat 8–10 daraja iliq bo‘ladi.
1–2-yanvar kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzgi harorat 1-yanvarda 5–7 daraja, 2-yanvarda esa 11–13 daraja iliq bo‘ladi.
3-yanvar va 4-yanvarga o‘tar kechasi hamda ertalab vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi mumkin) kuzatiladi. Kunduzgi harorat asta-sekin 0–5 daraja iliqqacha pasayadi.
Kechasi va ertalab tuman tushishi, shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikda esishi mumkin.