O‘zgidromet O‘zbekistonda 2026-yilning yanvarida ob-havo qanday bo‘lishi haqida maʼlumot berdi.
Unga ko‘ra, markaziy va janubi-sharqiy hududlarda 4-yanvar kuni kechasi va ertalab yog‘ingarchilik bo‘lishi saqlanib turadi.
Keyinchalik birinchi o‘n kunlik oxirigacha respublika hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kuzatilishi ehtimoli kam.
Havo harorati asosan kechalari 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq atrofida, ba‘zi joylarda 5 daraja sovuqqacha bo‘ladi, kunduz kunlari 8-13 daraja iliqdan 0-5 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi.
Ikkinchi o‘n kunlikda harorat kechalari 1-6 daraja iliqdan 1-6 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 10-15 daraja iliqdan 2 daraja sovuq, 3 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi.
Respublika shimolida harorat kechalari 3 daraja sovuq, 2 daraja iliqdan 5-10 daraja sovuqqacha, ba‘zi joylarda 13-15 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 2-7 daraja iliqdan 3-8 daraja sovuqqacha o‘zgarib turadi.
Uchinchi o‘n kunlikda sovuq to‘lqinlar kirib kelishi hisobiga harorat kechalari 7-12 daraja sovuqqacha, ayrim joylarda 15-17 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 3-8 daraja sovuqqacha bo‘ladi.
Shuningdek, respublika shimolida kechalari 15-20 daraja sovuqqacha, ba‘zi joylarda 22-25 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 5-10 daraja sovuqqacha, ba‘zi joylarda 13-15 daraja sovuqqacha pasayishi mumkin.