Ushbu haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston bo‘yicha iliq va asosan quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Haftaning ikkinchi yarmida ob-havo o‘zgarishi kutilmoqda. 15-16-yanvarda respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir yog‘adi, 16-yanvarda qorga aylanadi) bo‘ladi.
Havo harorati 15-yanvarda kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, 16-yanvarda kechasi va kunduzi 1-6 daraja iliq bo‘ladi.
Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, respublikaning ayrim joylarida 15-20 m/s gacha kuchayadi.
Toshkentda 13-14-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 3-5 daraja iliq, kunduz kunlari 15-18 daraja iliq bo‘ladi.
15-yanvarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 6-8 daraja iliq, kunduzi 11-13 daraja iliq bo‘ladi.
16-yanvarda yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin. Harorat kechasiva kunduzi 1-6 daraja iliq bo‘ladi.