O‘zbekistonda yarim yilda qariyb 2,3 mingta YTH qayd etildi

Hodisalar oqibatida 3 306 kishi jabrlangan.

2026-yilning yanvar—iyun oylarida O‘zbekistonda 2 286 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Ma‘lumotlarga ko‘ra, YTHlar oqibatida jami 3 306 nafar fuqaro jabrlangan.

Hududlar kesimida eng ko‘p yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahrida — 420 ta qayd etilgan. 

Keyingi o‘rinlarda Samarqand viloyati (311 ta), Toshkent viloyati (271 ta) va Farg‘ona viloyati (218 ta) turadi.

Eng kam yo‘l-transport hodisasi esa Buxoro viloyatida — 48 ta qayd etilgan. 

Undan keyingi eng past ko‘rsatkichlar Sirdaryo viloyati (50 ta) va Jizzax viloyati (75 ta) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling