Foto: Kun.uz
Ukraina rahbari mamlakat AQShning yordamisiz Rossiya bilan urushda g'alaba qozona olmasligini aytdi.
Shuningdek, davlat rahbari Qo'shma Shtatlar Ukrainani qo'llab-quvvatlash bo'yicha yetakchi ekanini va ularsiz o'z yerlarini qaytarib ololmasligini ta'kidlagan.
Ma'lum qilinishicha, Vladimir Zelenskiy Respublikachilar partiyasi Ukrainani demokratlarga qaraganda kamroq qo'llab-quvvatlashlari haqidagi bayonotlarga izoh bergan.
Shu bilan birga, u ikkala partiya ham Ukrainani qo'llab-quvvatlashiga ishhonch bildirgan.
Ma'lumotlarga ko'ra, noyabr oyida AQShda Vakillar palatasiga saylovlar bo'lib o'tadi, Kongress quyi palatasida nazorat respublikachilarga o'tishi kutilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling