Ta‘mirlash ishlari tufayli 30-mart kuni Toshkent shahrining uchta tumanida tabiiy gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu hududlar:
Yashnabod tumani (soat 11:00 dan 13:00 gacha) - Chashma, Z.Shamsuddinova va Shavkat ko‘chalari;
Bektemir tumani (11:00 dan 13:00 gacha) - “Ustozlar” MFY Nurli yo‘l ko‘chasi;
Chilonzor tumani (12:00 dan 14:00gacha) - "Beshyog‘och” MFY Furqat ko‘chasi.
Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.