Toshkentning uchta tumanida gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.

Ta‘mirlash ishlari tufayli 27-fevral kuni Yashnobod ,Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda  “Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu hududlar:

  • Yashnobod tumani (soat 10:00 dan 13:00 gacha) - “Maxtumquli” ko‘chasi  ko‘p qavatli uylar
  • Yunusobod tumani (11:00 dan 15:00 gacha) - “Sharq haqiqati” va “Islomomobod” MFY
  • Mirzo Ulug‘bek tumani (10:00 dan 13:00 gacha)- “Alisherobod” MFY

 Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling