Toshkentning yettita tumanida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Taʼmirlash ishlari tufayli Toshkent shahrining yetita tumanida 27-mart kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.

Ushbu hududlar:

Mirzo Ulug‘bek tumani (11:00 dan 13:00 gacha): “Alisher Navoiy” MFY Intizor va Zulayho ko‘chalaridagi ko‘p qavatli uylar va ulgurji isteʼmolchilar;

Sergeli tumani (10:00 dan 12:00 gacha): “Ko‘xna Qumariq” MFY Zarxal, Zamaxshariy va Shoshkent ko‘chalari, “Ziyolilar” MFY Obod, Fayz ko‘chalaridagi yerli xonadonlar va ulgurji isteʼmolchilar;

Bektemir tumani (11:00 dan 13:00 gacha): “Majnuntol‘” MFYdagi yerli xonadonlar va ulgurji isteʼmolchilar;

Yakkasaroy tumani (11:00 dan 13:00 gacha): “Samarqand” MFYdagi ko‘p qavatli uylar va ulgurji isteʼmolchilar;

Uchtepa tumani (11:00 dan 13:00 gacha): “Qoziguzar” MFY Qoziguzar ko‘chasidagi yerli xonadonlar va ulgurji isteʼmolchilar; 

Chilonzor tumani (12:00 dan 14:00 gacha): “Lutfiy” MFY Bog‘iston ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylar va ulgurji isteʼmolchilar;

Yunusobod tumani (11:00 dan 13:00 gacha): “Katta Hasanboy” MFYdagi yerli xonadonlar va ulgurji isteʼmolchilar. 

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling