Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Markaziy bank Yevroosiyo Bankidan litsenziya chaqirib olindi

Bunga bank tomonidan ustav kapitali miqdori qonunchilikda belgilangan eng kam talablarga muvofiqlashtirilmaganligi sabab bo'lgan.

Markaziy bank qaroriga muvofiq Yevroosiyo Banki AJdan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya chaqirib olindi. Bu haqda MB matbuot xizmati xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, bank tomonidan ustav kapitali miqdori qonunchilikda belgilangan eng kam talablarga muvofiqlashtirilmaganligi hamda qonunchilikda belgilangan boshqa talablar bajarilmaganligi sababli ushbu qaror qabul qilingan.

Bir qator qonunchilik hujjatlariga asosan, bankni majburiy tugatish hamda tugatish komissiyasini tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling