Ish haftasi davomida biroz yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Ushbu kunlarda havo harorati asta-sekin 28-33 darajagacha, janubda 34-37 darajagacha pasayadi.

Bugun kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida quruq ob-havo bo‘lishi kuzatiladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Faqat Toshkent viloyatining ayrim joylarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati 34-36 daraja, janubda 38-40 darajagacha bo‘ladi.

2-4-iyun kunlari respublika bo‘yicha yoz faslining eng boshi uchun odatiy ob-havo bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Kechasi va kunning birinchi yarmida asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi. 

Kunning ikkinchi yarmida konvektiv bulutlilik rivojlanadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Ushbu kunlarda havo harorati asta-sekin 28-33 darajagacha, janubda 34-37 darajagacha pasayadi.

5-iyunda faqat Farg‘ona vodiysida ayrim joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati deyarli o‘zgarmaydi.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 1-5 iyun kunlari ba‘zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Sel suv-toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Toshkentda 1-iyunda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 34-36 daraja bo‘ladi.

2-4-iyunda kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat asta-sekin 29-31 darajagacha pasayadi.

5-iyunda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi 31-33 daraja bo‘ladi.

Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 10-15 m/s gacha kuchayadi, shaharning ayrim joylarida chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling