Dam olish kunlari havo harorati 44 darajagacha ko‘tariladi

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi.

27-iyun kuni faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

28-iyunda respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba‘zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, shimolda va cho‘l hududlarda ba‘zida 20-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Kunduzgi havo harorati ko‘pchilik viloyatlarda bugun va dam olish kunlari 35-40 daraja atrofida, yakshanba kuni ba‘zi joylarda 42 darajagacha, janubda 43-44 darajagacha bo‘ladi. 

Qoraqalpog‘iston Rsepublikasi va Xorazm viloyatida harorat asosan kunduzi 32-37 daraja, yakshanba kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi shimolida 23-28 darajagacha pasayadi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. 

Toshkentda shanba kuni qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kunduzi 38-40 daraja bo‘ladi.

Yakshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi 39-41 daraja bo‘ladi.

Harorat asosan kechalari 23-26 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 10-12 m/s gacha kuchayadi, shaharning ayrim joylarida chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling