Bugun O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Navoiy viloyatining shimoliy hududlarida ba‘zi joylarda qor yog‘ishi mumkin. Havo harorati kunduzi 5-10 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
27-28-yanvar kunlari Rossiya hududlaridan nam va nisbatan sovuq havo masslari kirib keladi. Ba‘zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanadi) bo‘ladi.
29-30-yanvar kunlari esa havo massalari sharqqa tomon siljidi, respublikaning markaziy va sharqiy hududlari bo‘yicha ba‘zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin.
Ushbu kunlarda harorat asta-sekin kechalari 2-5 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 3 daraja sovuq, 2 daraja iliqqacha, shimolda kechalari 8-13 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 3-8 daraja sovuqqacha pasayadi.
Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor.
Toshkentda bugun yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo harorati kunduzi 7-9 daraja iliqni tashkil etadi.
Ertaga kechga tomon yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 28-29-yanvarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi. 29-yanvarga kelib, harorat kechalari 1-3 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-2 daraja iliqqacha pasayadi.
Kechasi va eratalb tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi.