O‘zbekiston hududiga 14-17-aprel kunlari nam va salqin havo massalari kirib keladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
14-aprelda O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlarida, 15-17-aprelda respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi.
Ba‘zi joylarda kuchli bo‘ladi. Momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.
Respublikaning baland tog‘li hududlarida yomg‘ir qorga aylanishi kutilmoqda.
O‘zbekiston bo‘yicha ba‘zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha, ayrim joylarda ba‘zida 25-28 m/s gacha kuchayadi, 14-15-aprelda ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
15-17-aprelda kunduzgi havo harorati asta-sekin 13-16 darajagacha pasayadi.