Ish haftasi davomida yomg‘ir yog‘iishi kutilmoqda

21-23-aprel kunlari respublika bo‘yicha ba‘zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi.

Bugun kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba‘zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati 24-29 daraja atrofida bo‘ladi.

21-23-aprel kunlari respublika bo‘yicha ba‘zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda momaqaldiroq bilan qayd etiladi. 

Harorat 21-aprelda kunduzi 24-29 daraja bo‘ladi, 22-23-aprelda asta-sekin18-23 darajagacha pasayadi.

20-22-aprel kunlari respublika bo‘yicha ba‘zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

24-aprelda O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha yana quruq ob-havo kuzatiladi va havo harorati ko‘tarila boshlaydi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. 

Toshkentda bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ertaga kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Havo harorati bugun va ertaga 25-28 daraja atrofida bo‘ladi.

22-23-aprel kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Kunduzgi harorat 22-aprelda 24-26 daraja, 23-aprelda 20-22 daraja bo‘ladi.

24-aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi 25-27 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi, 21-22 aperlda 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling