Dam olish kunlari yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

22−24-may kunlari havo harorati kechalari 13−18 daraja, kunduz kunlari 22−27 daraja atrofida bo‘ladi.

Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘ylab beqaror ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Respublika hududining katta qismida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli jala kuzatiladi. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi, Buxoro va Navoiy viloyatlarida esa faqat ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim vaqtlarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq kuzatiladi. Sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin. Baʼzi joylarda do‘l yog‘ishi ehtimoli bor.

Shamol 7−12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13−18 m/s gacha kuchayadi. Respublikaning shimoli, cho‘l hududlari va janubida baʼzi joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

22−24-may kunlari havo harorati kechalari 13−18 daraja, kunduz kunlari 22−27 daraja atrofida bo‘ladi.

Toshkentda bugun kunduzi vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 22−24 daraja bo‘ladi.

23-may, juma kuni asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi harorat 25−27 darajagacha ko‘tariladi.

24-may, yakshanba kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Kunduzi harorat 22−24 daraja, kechalari esa 15−18 daraja bo‘ladi. 

Shamol g‘arbdan 3−8 m/s tezlikda esadi, ayrim vaqtlarda 10−12 m/s gacha kuchayadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling