Ish haftasi davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Faqat bugun kunduzi Toshkent viloyatida ayrim joylarda va 12-sentabr, juma kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba‘zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Havo harorati kechalari 15-20 daraja, kunduz kunlari 28-33 daraja atrofida, janubda 35-38 darajagacha bo‘ladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
8–10-sentabr kunlari Toshkent va Farg‘ona viloyatlarining ayrim tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Toshkentda bugun kunduzi havo biroz bulutli bo‘ladi, biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 3-6 m/s tezlikda esadi,8-sentabrda ba‘zi joylarda 8-10 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat asosan kechasi 18-20 daraja, kunduzi 30-32 daraja bo‘ladi.