Ertaga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy va Toshkent viloyatlarida ba‘zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shamolda ba‘zi joylarda qor yog‘adi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat foni deyarli o‘zgarmaydi.
25-fevralda shimoli-g‘arbiy hududlarda va cho‘l hududlarda, kechga tomon va 26-fevralda respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.
Havo harorati 26-fevralda 8-11 daraja iliqqacha, shimolda 2 daraja sovuq, 3 daraja iliqqacha pasayadi.
27-fevralda O‘zbekiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kechasi ba‘zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati 2-3 darajaga ko‘tariladi.
O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 24-26-fevral kunlari vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), 26-fevralda ayrim joylarda kuchli bo‘ladi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, respublika bo‘yicha ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, 25-26-fevralda ayrim joylarda ba‘zida 20-25 m/s gacha kuchayishi, 25-fevralda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda ertaga kunning ikkinchi yarmida baroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 4-6 daraja iliq, kunduzi 14-16 daraja iliq bo‘ladi.
25-fevral – chorshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechqurun yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 7-9 daraja iliq, kunduzi 16-18 daraja iliq bo‘ladi.
26-fevralda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 5-7 daraja iliq, kunduzi 10-12 daraja iliq bo‘ladi.
27-fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 3-6 daraja iliq, kunduzi 12-15 daraja iliq bo‘ladi.
Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 3-8 m/s tezlikda esadi, 25-26-fevral kunlari 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin.