Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida IIB FMB patrul-post xizmati inspektori 13 yoshli bolani cho‘kib ketishdan qutqarib qoldi. Bu haqda tuman hokimligi xabar berdi.
Inspektor Rasul Jo‘rayev Bo‘rijar kanalida cho‘milayotgan vaqtida 13 yoshli Muhammad G‘ayrat cho‘kayotganini ko‘rib, o‘zini suvga tashlagan.
Natijada bola sog‘-salomat holda suvdan olib chiqilgan.