Toshkentning bitta tumanida “svet” vaqtincha o‘chiriladi

Bunga yer osti elektr uzatish kabel tarmog‘ida ta‘mirlash ishlari olib borilishi sabab bo‘ladi. 

Toshkent shahar, Yunusobod tumanining ayrim hududlarida 24-mart kuni soat 10:00 dan 15:00 gacha elektr energiyasida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi. Bu haqda «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ matbuot xizmati xabar berdi.

Bunga 10 kV bo‘lgan yuqori kuchlanishli Gulshan - 1, 2 hamda Baxt - 1 uzatmalaridan ta‘minlanuvchi yer osti elektr uzatish kabel tarmog‘ida ta‘mirlash ishlari olib borilishi sabab bo‘ladi. 

Ta‘mirlash ishlarini xavfsiz olib borish hamda yuklamani teng taqsimlash maqsadida quyidagi hududlarda qisqa muddatli elektr ta‘minotida uzilishlar kuzatiladi:

  • “Hasanboy”, «Sharq Haqiqati», “Islomobod”, «Katta Hasanboy», “Hamkorobod” hamda “Tiklanish” MFYlari.

Ushbu hududlarda ta‘mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling