Toshkentning yana bir tumanida elektr vaqtincha o‘chiriladi

Mavjud elektr qurilmalarida ta‘mirlash ishlari olib boriladi

Mavjud elektr qurilmalarida ta‘mirlash ishlarini olib borish maqsadida 8-may kuni Yunusobod tumanida elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ matbuot xizmati xabar berdi.

  • Yunusobod tumani: “Otchopar-1”, “Shaxriston”, “G‘ayratiy”, “Yunusobod”, “Anorzor”, “Akbarobod”, “Husniobod”, “Bog‘ishamol”, “Bog‘ieram”, “Uchqahramon”, “Islomobod”, «Yangi bog‘», “Ahilobod”, “Sevinch”, «Yunus ota», «O‘zbekiston Mustaqilligi», «Ahmad Donish», “Muruvvat”, “Xalqabog‘”, “Bobodehqon”, “Uvaysiy”, “Shoshtepa”, “Yurtobod”, “Adolat”, “Billur”, “Barhayot”, «Kulol Qo‘rg‘on», “Mingchinor” hamda “Qo‘shchinor” MFYlarining ayrim hududlarida soat 14:00 dan 16:00 gacha.

Yuqoridagi hududlarda ta‘mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling