Bugun soat 16:00 dan metan “zapravka”lar faoliyatiga vaqtincha cheklov joriy etiladi – Energetika vazirligi

Mazkur chora-tadbirlar aholi va ijtimoiy soha obyektlarini barqaror gaz ta‘minoti bilan ta‘minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Havo harorati pasayishi sababli 10-mart kuni soat 16:00 dan boshlab metan “zapravka”lar faoliyatiga vaqtincha cheklov joriy etiladi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Respublika hududlariga sovuq va nam havo massalarining kirib kelishi natijasida tabiiy gazga bo‘lgan talab ortdi. Shu sababli magistral gaz quvurlarida bosimning pasayishi kuzatilmoqda.

10-mart kuni soat 16:00 dan boshlab respublikadagi metan “zapravka”lar faoliyatiga vaqtincha cheklov joriy etiladi.

Mazkur chora-tadbirlar aholi va ijtimoiy soha obyektlarini barqaror gaz ta‘minoti bilan ta‘minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, ijtimoiy soha obyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi hamda jamoat transport vositalari uchun gaz ta‘minoti cheklovlarsiz, barqaror tarzda davom ettiriladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling