Zarafshon daryosidan qum-shag‘al qazib olganlar tabiatga 295 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazdi

Hujjatlar tegishli chora ko‘rish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Samarqandda qum-shag‘al bilan bog‘liq noqonuniy holat aniqlandi, deb xabar berdi Ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Qo‘mita Ekopolitsiyasi Zarafshon daryosi va uning muhofaza hududlarini nazorat qilish bo‘limi xodimlari tomonidan Samarqand viloyati Toyloq tumanida navbatdagi nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi.  

Unda tumandan oqib o‘tuvchi moratoriy joriy qilingan “Zarafshon” daryosining o‘zan qismidan bir guruh fuqarolar tomonidan tungi soat 01:30 atrofida davlat raqamisiz WOLVO rusumli ekskavator yordamida qum-shag‘al aralashmasi boshqa yuk avtomashinalariga yuklanayotganligi aniqlandi.

Huquqbuzarlik oqibatida tabiatga 295,23 mlrd so‘m zarar yetkazilganligi hisoblandi. 

Hujjatlar tegishli chora ko‘rish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling