Adliya katta maslahatchisi Zohid Karayev “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
U Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosar bo‘ldi.
Z.Karayev shu paytga qadar Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Toshkent shahar boshqarmasi rahbari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.