Xorazmdagi umumta'lim maktablarida 11-yanvar kunidan an'anaviy tarzda o'qish boshlanadi

Darslar Oʻzgidrometrologiya markazining 11-18-yanvar kunlari viloyatda havo haroratining keskin tushib ketmasligini inobatga olgan holda tashkil etish belgilangan

Foto: UzReport.News<br>

Foto: UzReport.News

Avvalroq, maktab oʻquvchilari uchun qishki taʼtil 28-dekabrdan boshlanib, 14 kalendar kun, yaʼni 2023-yil 10-yanvargacha davom etishi belgilangan edi.

Xorazm viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, viloyatdagi umumtaʼlim maktablarida 11-yanvar kunidan anʼanaviy tarzda oʻqish boshlanadi.

“Oʻzgidrometrologiya markazi xabariga koʻra 11-18-yanvar kunlari viloyatimizda havo haroratining keskin tushib ketmasligini inobatga olib, 2023-yilning 11-yanvar sanasidan barcha umumiy oʻrta taʼlim maktablarida oʻqish jarayoni boshlanishini maʼlum qilamiz”, — deyiladi xabarda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling