Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘yicha issiq va asosan quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Respublika hududining katta qismida havo asosan kam bulutli bo‘ladi. Momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi faqat ayrim tog‘li hududlarda va 12-iyul kuni esa Farg‘ona vodiysida ba‘zi joylarda kuzatilishi mumkin.
Kunduzi havo 37-40 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 41-43 darajagacha isiydi. Kechasi va erta tongda havo harorati 22-27 daraja atrofida bo‘ladi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11-12-iyulda ba‘zi joylarda13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilankuzatilishi mumkin.
Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona vodiysida tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda asosan asosan kam bulutli bo‘ladi. Harorat kunduz kunlari38-40 daraja, kechalari 23-25 daraja bo‘ladi.