Buxoroga 76 ta avtobus olib kelindi

Yil yakuniga qadar yana 86 ta avtobus viloyatga olib kelinishi kutilmoqda. 

Buxoro viloyatiga mahalliy tadbirkorlar tomonidan Xitoyda ishlab chiqarilgan 76 ta avtobus olib kelindi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Joriy yilning o‘zida viloyatga 101 ta avtobus olib kelingandi. Yangi avtobuslar ham brutto shartnomasi asosida Buxoro shahar yo‘nalishlariga joylashtiriladi. 

Yil yakuniga qadar yana 86 ta avtobus viloyatga olib kelinishi kutilmoqda. 

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling