O'zbekistonda Hamshiralar akademiyasi tashkil etiladi

Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligida universitet rektori Javdat Erdol bilan oʻtgan muloqot chogʻida bu boʻyicha kelishuvga erishilgan

Foto: Oliygoh.uz<br>

Foto: Oliygoh.uz

Prezident topshirigʻiga koʻra, oʻrta tibbiyot xodimlarini tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida Turkiyaning Sogʻlik bilimlari universiteti bilan hamkorlikda Toshkentda Hamshiralar akademiyasi tashkil etiladi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligida universitet rektori Javdat Erdol bilan oʻtgan muloqot chogʻida bu boʻyicha kelishuvga erishilgan.

Yangi oʻquv yilidan oʻz faoliyatini boshlaydigan akademiyada hamshiralarni tayyorlash 4 yillik oʻquv dasturi asosida Sogʻlik bilimlari universiteti professor-oʻqituvchilari tomonidan xalqaro taʼlim standartlari asosida amalga oshiriladi. Unga koʻra, taʼlimning ikki yili Oʻzbekistonda va ikki yili Turkiyada olib boriladi.

Shuningdek, tibbiyot tizimi uchun rahbar kadrlarni tayyorlash maqsadida bakalavriat bosqichida “Tibbiyot menejmenti” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha 4 yillik qoʻshma dastur yoʻlga qoʻyiladi. Bu loyihada ham talabalar ikki yil Turkiyada tahsil oladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling