Foto: Yandex.ru
EastFruitʻning xabar berishicha, qizil dumaloq pomidorning ulgurji narxi ketma-ket ikkinchi hafta pasaygani hisobga olinsa, bu mahsulotlar soʻnggi ikki hafta ichida deyarli 40 foizga arzonlashgan.
Bozor ishtirokchilarining fikriga koʻra, bu ichki bozorda yangi pomidorga boʻlgan taklifning keskin oʻsishi bilan bogʻliq, bu esa, oʻz navbatida, issiqxonalardan ushbu mahsulotlarni yetkazib berishning koʻpayishiga olib kelgan.
Narxlar monitoringiga koʻra, 2023-yilning 7-aprelidan 14-apreliga qadar qizil dumaloq pomidorning oʻrtacha ulgurji narxi bir kilosi uchun 33 ming soʻmdan 22 ming soʻm (2,90 dollardan 1,93 dollar)gacha pasaygan. Ushbu mahsulotlar narxi ketma-ket ikkinchi hafta pasayib borayotgani inobatga olinsa, 2023-yil 31-martdan 14-aprelgacha qizil dumaloq pomidorning oʻrtacha ulgurji narxi bir kilosi uchun 36 ming soʻmdan 22 ming soʻm (3,15 dollardan 1,93 dollar)ga, yaʼni oxirgi ikki hafta ichida 39 foizga pasaygan. Shu bilan birga, joriy ulgurji narxlar 2022-yil darajasiga yaqinlashgan, 2023-yil 14-aprel holatiga koʻra, ushbu mahsulotlarning oʻrtacha ulgurji narxi 2022-yilning shu davri bilan solishtirilganda atigi 16 foizga yuqori.
Pushti pomidorning narxi faqat shu hafta pasayishni boshlangan va juda keskin tus olgan. 2023-yilning 7-aprelidan 14-apreliga qadar ushbu mahsulotlarning oʻrtacha ulgurji narxi bir kilosi uchun 38 ming soʻmdan 26 ming soʻm (3,34 dan 2,28 AQSH dollari)ga, yaʼni bir hafta ichida 31,5 foizga arzonlashgan. Biroq qizil dumaloq pomidordan farqli oʻlaroq, joriy ulgurji narxlar 2022-yilgi darajaga nisbatan ancha yuqori. 2023-yil 14-aprel holatiga koʻra, pushti pomidorning oʻrtacha ulgurji narxi 2022-yilning shu davri bilan solishtirilganda nisbatan 1,5 baravar yuqori.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling