Foto: Telegram
Toshkent xalqaro aeroportida ikki nafar qizni Turkiya davlatiga fohishalikka yuborayotgan guruh qoʻlga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Tezkor qidiruv departamenti masʼul xodimlari tomonidan Oʻzbekistondan borgan qizlarni Turkiyada fohishalik bilan shugʻullantirib kelayotgan jinoiy guruh toʻgʻrisida maʼlumot olingan.
Olib borilgan surishtiruv ishlari davomida mazkur jinoiy guruhning aʼzosi ikki nafar ayol qizlarning ishonchiga kirib, Turkiyada fohishalik bilan shugʻullantirib kelgani aniqlangan.
Xabarga koʻra, gumonlanuvchi ayol Andijon va Surxondaryo viloyatida yashovchi ikki nafar qizni “Toshkent” xalqaro aeroporti orqali Turkiyaga yuborayotgan vaqtida qoʻlga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Qibray tumani ichki ishlar boʻlimi huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) 2-qismi “a”, “e” bandlariga asosan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling