O‘zbekistonning Global terrorizm indeksidagi o‘rni ma’lum bo‘ldi

Eng yomon terrorchilik holati — Afg‘onistonda.

Foto: Repost.uz

Foto: Repost.uz

Global terrorizm indeksi—2023 (GTI) bo‘yicha Afg‘oniston ketma-ket to‘rtinchi yil o‘limlar soni bo‘yicha reytingda birinchilikni egallamoqda.

Indeks 2007-yildan buyon sodir etilgan terakt va halok bo‘lganlar soni bo‘yicha ma’lumotlar asosida hisoblab chiqiladi. Eng yomon terrorchilik holati — Afg‘onistonda. GTI ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 633 ta terakt qayd etilgan. Hujumlarning 63 foizi va o‘lim holatlarining 74 foizi Pokiston bilan chegarada yuz bergan.

Skrinshot: Global terrorizm indeksi

Skrinshot: Global terrorizm indeksi

Markaziy Osiyodagi vaziyat ijobiy baholangan. O‘zbekiston mazkur reytingda 70-o‘rinni egallagan (2022-yilda uning ko‘rsatkichlari yomonlashgan). Tojikiston esa 50-o‘rinda. Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkmaniston 93-o‘rinni o‘zaro bo‘lishgan.

Toliblar tomonidan Afg‘oniston egallanganidan keyin ISHID “eng faol terrorchilik guruhiga” aylangan va 2022-yilda 422 kishini o‘ldirgan. Terrorizm bilan bog‘liq o‘lim holatlarining qariyb 67 foizi ISHID hisobiga to‘g‘ri keladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston ushbu indeksda 2016-yili 125-o‘rinni, 2019-yilda esa 132-o‘rinni egallagan edi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling