Pokistonning O‘zbekistondagi elchisi Ahmed Faruq mamlakatdagi faoliyatini yakunladi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov xabar berdi.
Vazir elchi bilan xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazdi.
Unda ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlash, savdo, investitsiyalar, taʼlim, madaniy almashinuv va boshqa sohalarda amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
"Janob elchiga kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz", deb yozadi u.