Foto: Videodan lavha
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Yunusobod tumanida hududiy elektr tarmoqlari korxonasi oldida fuqarolar toʻplangani tok oʻchishi sababli norozilik bildirayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ munosabat bildirdi.
Xabarga koʻra, respublikada kuzatilayotgan sovuq sharoiti tufayli aholining elektr energiyasiga boʻlgan talab oshishi hamda kuzatilayotgan anomal harorat sabab xonadonlarga berilayotgan gaz bosimi hamda issiqlik taʼminoti haroratining tushib ketishi sababli elektr taʼminotiga meʼyoridan ortiq yuklamalar kelib tushmoqda.
Toshkent shahrining ayrim tumanlarida yuzaga kelayotgan elektr tarmoqlaridagi avariyaviy hodisalarning asl sababi aynan shunday yuklamalar sababli vujudga kelmoqda.
Maʻlum qilinishicha, bugun, 14-yanvar kuni Yunusobod tumani fuqarolari ham elektr energiyasiyada vujudga kelayotgan uzilishlar sabab tuman elektr taʼminotiga toʻplanishgan. Aholiga tushuntirish berilgan hamda odamlar tarqalgan.
“Toshkent shahrida vujudga kelgan avariyaviy hodisalarni tezkor bartaraf etish maqsadida bugun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning respublika boʻylab barcha hududiy filiallaridan qoʻshimcha kuchlar safarbar etilganligini maʼlum qilamiz”, — deyiladi xabarda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling