Foto: Repost.uz
Yangi haftaning ish kunlarida janub viloyatlarida (Surxondaryo va Qashqadaryo) deyarli har kuni vaqti-vaqti bilan yomgʻir (baland togʻlarda qor) yogʻishi prognoz qilinmoqda.
“Oʻzgidromet” prognozlarida keltirilishicha, yangi haftaning ish kunlari namgarchil, oʻzgaruvchan havo qarshisida oʻtishi kutiladi.
Havo harorati asta sekin yuqorilab boradi. 15-16-fevral kuni joylarda havo harorati +10 +15 darajagacha yuqori koʻtariladi.
Ertaga esa janubiy viloyatlar hamda markaziy (Samarqand, Navoiy va Buxoro) viloyatlarda biroz yomgʻir yogʻib oʻtishi mumkin.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling