Foto: Flickr
Namanganda fuqaro MIB xodimini pichoqladi. Bu haqda byuro Axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, davlat ijrochisi S.Badalboyev 10-aprel kuni soat 15:40 larda qarzdor O.T. yashash xonadoniga 26 mln 982 ming soʻmlik bank krediti va boshqa qarzdorliklarni undirish boʻyicha majburiy ijro harakatlarini amalga oshirish uchun borgan.
Shu orada davlat ijrochisi xonadonga kelganda qarzdor yoʻqligi maʼlum boʻlgan va telefon orqali kelishni soʻragan. Qarzdor esa turli bahonalar bilan kelmasligini aytgan. Shundan soʻng, davlat ijrochisi qarzdorlik bartaraf etilmagani bois majburiy ijro harakatlari tayinlanganini bildirib kelishini soʻragan. Bundan gʻazablangan qarzdor O.T. esa davlat ijrochisini qasddan oʻldirish maqsadida xoʻjalik pichogʻi bilan kelib, davlat ijrochisini koʻkrak qafasiga xoʻjalik pichogʻi bilan urmoqchi boʻlganida, oʻzini himoya qilgan va oʻng qoʻl kaft sohasidan jiddiy jarohat olgan.
Qarzdor yana davlat ijrochisini ortidan quvgan. Ammo, ijro harakatlarida ishtirok etayotgan boshqa davlat xizmatchilari tomonidan qoʻlidagi xoʻjalik pichogʻi olib qoʻyilishi sababli, jinoyatni oxiriga yetkaza olmagan.
Mazkur holat boʻyicha JKning 25, 97-moddasi 2-qismi bilan jinoiy ish qoʻzgʻatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling