Xorazm viloyatining Yangibozor tumani hokimi o‘zgardi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Alisher Masharipov xalq deputatlari Yangibozor tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
U mazkur tayinlovgacha tuman hokimining moliya iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari - iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.