Foto: Repost.uz
“Yoshlar-kelajagimiz” jamgʻarmasi viloyat filialining sobiq boshligʻi Qarshi shahridagi faoliyat koʻrsatuvchi MCHJ rahbari bilan jinoiy til biriktirib, oʻziga ishonib topshirilgan va ixtiyorida boʻlgan “YOSHLAR-KELAJAGIMIZ” jamgʻarmasi viloyat filialining 1 mlrd 800 mln soʻm pul mablagʻlarini oʻzlashtirish va rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlandi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan JKning 167 va 209-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Dastlabki tergov davomida 2 nafar shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Tergovning borishi viloyat prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling